Sport | 11:40 / 08.12.2018
4857
1 daqiqa o‘qiladi

Ronaldu A Seriyada darvoza tomon 100 marta zarba yo‘lladi, bu – kuchli beshlikda eng yaxshi natija

Foto: Getty Images

«Yuventus» A Seriya 15-turining ilk o‘yinida «Inter»ni mag‘lub etdi (1:0). O‘yindagi yagona gol Mario Manjukich tomonidan urildi. 

O‘yinda mezbonlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu darvoza tomon 4 marotaba zarba yo‘llagan bo‘lib, ulardan ikkitasini himoyachilar to‘sib qoldi, bittasi noaniq chiqdi va yana bir zarba darvoza sohasiga aniq yetib bordi. Bu o‘yindan keyin u kuchli beshlik chempionatlarining ushbu mavsumida 100ta zarba yo‘llagan ilk futbolchiga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, A Seriyadagi debyutida 10ta gol urgan Ronaldu «Jyenoa» hujumchisi Kshishtof Pyatek bilan birgalikda A Seriya to‘purarlari ro‘yxatini boshqarib turibdi. Portugaliyalik yulduzning hisobida 5ta assist ham bor.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid