Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda korrupsiyachilar ro‘yxatini e'lon qilish taklif etildi
Qozog‘istonda 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni arafasida korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar ro‘yxatini e'lon qilish taklif etildi. Ro‘yxatda, shuningdek, bu shaxslarning davlat lavozimlarini egallash huquqidan qancha muddatga mahrum qilingani ko‘rsatilishi taklif qilingan.
Taklif “Globallashuv sharoitlarida korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro anjumanda bildirilgan.
Qozog‘istonning Davlat xizmati ishlari va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi saytida bunday islohotlarni amalga oshirish uchun bir qator o‘zgartirishlarning amalga oshirilishi, jumladan politsiyaning qog‘ozdagi ko‘plab ma'lumotlar bazasini raqamli shaklga aylantirishning zarurligi ta'kidlab o‘tilgan.
Bundan tashqari, ekspertlar akademik sohadagi barcha dissertatsiyalarni plagiat mavjudligiga tekshirish taklifini bildirishgan.
Mavzuga oid
23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi
13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
11:44 / 05.03.2025
Bosh vazirga 117 ta vazirlik va idoradagi «korrupsiyaga qarshi ichki nazorat» tuzilmalari rahbarlarini ishdan olish topshirildi
11:30 / 05.03.2025