Jamiyat | 17:50 / 10.12.2018
34605
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Evos»ning 18-filiali tantanali ravishda ochildi

7 dekabr kuni yirik fast-fud brendi – «Evos»ning 18-filiali tantanali ravishda ochildi. 

Dastlab toshkentlik DJ King Macarella ijrosida yoqimli kuylar yangradi. Aholi oqib kela boshladi va 400 dan ortiq inson bayram kayfiyatiga sho‘ng‘idi.

Ochilish marosimini risoladagidek, Namangan shahri hokimi Abdurazzoqov Shavkatjon Shokirjonovich qizil tasmani kesish bilan boshlab berdi.

10 daqiqadan so‘ng, filial ichida to‘liq bayram kayfiyati hukmron bo‘ldi. Mehmonlarni professional mimlar kuldirib xushnud etayotgan bir vaqtda, tashqarida qayoqdandir «Evos» ning an'anaviy ayiqchalari paydo bo‘lib, bir daqiqadayoq barcha yig‘ilganlarning olqishlariga sazovor bo‘lishdi. Ularning ortidan baland yog‘och oyoqlarda yuruvchilar chiqishdi va Eyfel minorasining nusxasi oldida ular juda ajoyib ko‘rinishni yaratishdi.

- Ochilish marosimi bamisoli ertaklar mamlakatida o‘tayotgandek his-tuyg‘ular barchani qamrab oldi. Bir daqiqa ichida shahar o‘z rangini o‘zgartirdi, buning uchun «Evos» ga rahmat, - deydi tadbir mehmoni Amina Ro‘ziboyeva.

Keyingi navbat musiqa ansambliga berildi va yangragan navolar shahar ustidagi bulutlarni tarqatib yubordi. Kelgan mehmonlar milliy va chet el xit qo‘shiqlari sadolari ostida raqsga tusha boshladilar. Bularning barchasi go‘yoki shaharda karnaval bo‘layotganini eslatar edi.

Ko‘ngilochar shou-dasturdan tashqari, «Evos» so‘nggi daqiqalargacha sir tutilgan maxsus mehmonni ham taklif etdi. Bu mashhur shoumen Dilshod Mirzamurodov bo‘lib, u o‘zining hazillari bilan barchani kuldirdi, «Evos» xaridorlarini qutladi, ularga esdalik sovg‘alari ulashdi va cheklarni lototronga tashlab turdi.

- Men boshlanishida zo‘rg‘a o‘zimga 4000 yoki 5000 so‘mga (hozir esimda ham yo‘q) xot-dog olishga ulgurdim, uni yeb bo‘lib, chekni lototronga tashladim. 40 daqiqadan so‘ng boshlovchi tavakkal ravishda chekni oldi va mening ismimni aytdi.

Men umuman kutmagandim, bunaqa tanlovlarga ishonmasdim ham. Sahnaga chiqdim va menga televizor sovg‘a qilishdi. Bundan juda ham baxtiyorman, - deb so‘zlab berdi televizorni sovg‘a sifatida qabul qilib olgan g‘olibimiz.
Televizordan tashqari aksiyada telefon va promo sovg‘alar o‘z egalarini topmoqda. Ha aytgancha, aksiya 25 dekabrgacha davom etadi va asosiy sovg‘a - yangi muzlatgich va aksiya ishtirokchilari uchun promo sovg‘alar bo‘ladi.

So‘nggi tanlov, barchaga tanish bo‘lishga ulgurgan, “Kim tez lavashni yeb bo‘lar” bellashuvi bo‘ldi. Unda 51 soniyada lavashni paqqos tushirgan kollej talabasi g‘olib chiqdi va 300 000 so‘mlik sertifikatni qo‘lga kiritdi.

Nima ham der edik, «Evos» ning har bir ochilish marosimi borgan sari kattaroq bayramga aylanib, yurtimiz fuqarolariga yaxshi kayfiyat ulashmoqda.

Kompaniya rahbariyatining so‘zlariga ko‘ra, 18-filial bu yakun emas, balki buyuk yo‘lning boshlanishidir.

Biz esa sizlar bilan yurtimizdagi qiziqarli yangiliklarni kuzatishda davom etamiz.

Manzil: Namangan viloyati, 5-A mikrorayon
Mo‘ljal: Stomatologiya, 49-maktab.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid