Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonlik chegarachilar O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi. U chegara to‘sig‘idan oshib o‘tmoqchi bo‘lgan
Sariog‘ochlik chegarachilar O‘zbekistondan Qozog‘iston hududiga noqonuniy yo‘l bilan o‘tishga uringan chegarabuzarni qo‘lga olishdi.
Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi Chegara xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, «Qoplonbek» chegara posti operatori tungi kuzatuv uskunalari bilan jihozlangan videokameralardan foydalangan holda, chegarabuzar chegara to‘sig‘i tomon yugurib ketgani, so‘ng undan oshib o‘tishga harakat qilganini payqab qolgan.
Harbiy xizmatchi bu haqda uchastkada bo‘lgan chegaraoldi naryadiga xabar berdi, so‘ng, «chaqirilmagan mehmonni» kuzatib, naryadga uni qo‘lga olish uchun ko‘rsatmalar berib turgan.
Qayd etilishicha, chegarabuzar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Uning yonida hech qanday hujjatlar bo‘lmagan. Huquqni muhofaza qilish organlari xabardor qilindi, hozirda qo‘lga olinganning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi ushlangani, uning ichida marixuana bo‘lgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
10:55 / 06.05.2025
Chegarada ushlab qolingan madaniy boyliklar summasi ma’lum qilindi
16:52 / 29.04.2025
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegarani tikanli simlar bilan to‘sishni boshladi
18:28 / 08.04.2025
Janubiy Koreya chegarani kesib o‘tgan KXDR askarlariga qarata ogohlantiruvchi o‘t ochdi
16:31 / 08.04.2025