Sport | 18:18 / 10.12.2018
5332
1 daqiqa o‘qiladi

Messi Argentina futbol assotsiatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Argentina futbol assotsiatsiyasi prezidenti Klaudio Tapiya bilan uchrashdi.

Goal xabariga ko‘ra, mulozim 31 yoshli futbolchini terma jamoa safiga qaytishga ko‘ndirmoqchi bo‘lgan.

So‘nggi bor Messi Argentina safida jahon chempionati 1/8 finalidan o‘rin olgan Fransiyaga (3:4) qarshi o‘yinda maydonga tushgan edi.

Tapiya va Messi Madridda o‘tkazilgan Libertadores Kubogi finalidan o‘rin olgan «River Pleyt» - «Boka Xuniors» o‘yini tanaffusida bir necha daqiqa gaplashib olishgan. Assotsiatsiya rahbari Leodan qachon terma jamoaga qaytmoqchi ekanini so‘ragan. Futbolchining javobi qanday bo‘lgani haqida ma'lumot yo‘q.

Mavzuga oid