Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari tadbirkorlarning hujjatlariga muhr qo‘yilishini kamroq talab qilishadi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini muhokama etishdi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 13 iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekiston Respublikasining “Biznes yuritish” borasidagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ijrosini ta'minlash maqsadida ishlab chiqildi.
Qonun loyihasi bilan Soliq kodeksi hamda bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, ulardan davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik sub'yektlaridan hujjatlarga muhr qo‘yish, shuningdek, hujjatlar muhr bilan tasdiqlanishining talab qilinishi nazarda tutilgan normalar chiqarilmoqda.
Deputatlarning ta'kidlashicha, bu yangilik tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni yanada soddalashtirishga ko‘maklashadi. Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining O‘zbekiston Respublikasining “Biznes yuritish” borasidagi ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash imkonini beradi.
Mavzuga oid
16:08 / 24.05.2025
82 milliard so‘mlik QQS tadbirkorlarga noqonuniy qaytarilgani aniqlandi – DXX
13:07 / 20.05.2025
YeI Shengen chegaralarida muhr qo‘yishni bekor qilishga kelishib oldi
15:35 / 11.05.2025
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
23:37 / 01.05.2025