Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google xatolik sababli 52 mln foydalanuvchining ma'lumotlari sizib chiqqani haqida xabar berdi
Foto: Global Look Press/ZUMAPRESS.com/Jonathan Alcorn
Google xodimlari boshqa ishlab chiquvchilar foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishi mumkin bo‘lgan xatoni aniqlashdi va bartaraf etishdi, jami 52,5 million kishi Google+ ijtimoiy tarmog‘idagi nosozlikdan zarar ko‘rdi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
Ushbu xato noyabr oyida yuklab olish uchun taqdim etilgan yangilangan dasturiy ta'minotda mavjud bo‘lgan, dasturchilar bu muammoni bir hafta ichida hal qilishdi. Ta'kidlanishicha, begona ilovalar foydalanuvchilarning ismi va yoshi, faoliyat turi, elektron pochta manzilini so‘rashi mumkin edi.
Shu bilan birga, ilovalar moliyaviy ma'lumotlar, pasport raqamlari, maxfiy so‘zlar va jinoyatchilar o‘zga maqsadlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan boshqa narsalarni olmagan. Biroq, foydalanuvchi o‘z profilini yopib qo‘ygan bo‘lsa ham, so‘rov yuborilishi mumkin edi. Google’dan qayd etishlaricha, kimning shaxsiy ma'lumotlari uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilgani haqida ma'lumot topilmagan.
Oktyabr oyida kompaniya Google+ «katta muammolar sababli» yopilishi haqida e'lon qildi, avvaliga Google 2019 yil avgust oyida ijtimoiy tarmoq ishini to‘xtatmoqchi edi, ammo noyabrdagi voqealar tufayli u kelgusi yil aprelida yopiladi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025