Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvardiola qadrlamagan 18 yashar hujumchining transfer qiymati uch oyda 800 foizga ko‘tarilib ketdi
Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Jyeydon Sanchoning transfer qiymati 87,9 mln yevroga yetdi. CIES Football Observatory tahlilchilari shunday xulosaga kelishgan.
Sentyabrda hujumchining narxi 9,7 mln yevroga baholangan va bu ko‘rsatkich uch oy davomida 806 foizga oshib ketgan. Ushbu vaqt oralig‘ida jahonning hech qaysi futbolchisi bu qadar katta sur'atda qimmatlab ketmagan.
Shuningdek, Sanchodan tashqari uning jamoadoshi Marko Roys transfer qiymatining keskin ko‘tarilishi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Sentyabr oyidan buyon 29 yoshli nemis 4,6 milliondan 23,5 mln yevrogacha oshgan.
18 yashar Sancho - «Manchester Siti» tarbiyalanuvchisi sanaladi. U 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida Angliya termasi safida o‘zini ko‘rsatgan va chempionlikka erishgan; Yevropa chempionatida esa finalgacha yetib borib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.
«Borussiya» Jyeydonni 2017 yil avgustida taxminan 8 mln funtga sotib olgan. Shu yilning oktabrida u Bundesliganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi va Angliya termasida debyut qildi; qisqa vaqt ichida «uch sherlar» tarkibida uchta golni o‘z nomiga rasmiylashtirdi.
Jyeydon bu mavsum boshidan buyon dortmundliklarning 24 o‘yinida qatnashib, 6+7 mahsuldorlik natijasini qayd etishga ulgurdi.

Chapda: transfer narxiga eng ko‘p qiymat qo‘shilgan futbolchilar
O‘ngda: narx o‘sishining foizdagi darajasi bo‘yicha eng katta sakrashga erishgan futbolchilar
Mavzuga oid
01:58 / 02.06.2024
«Real» - 15 karra Chempionlar Ligasi g‘olibi
13:01 / 28.05.2023
Germaniyada drama, Messi Ronalduning rekordini yangiladi. Yevropada kun o‘yinlari
03:23 / 08.03.2023
YeChL. «Chelsi» 2023 yilda yutqazmagan «Borussiya D»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Benfika» ham 1/4 finalda
03:13 / 16.02.2023