Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyliklar Oyning qorong‘i tomonida kartoshka yetishtirish bo‘yicha tajriba o‘tkazadi
“Chanchjen-3b” raketasida Oyning qorong‘i tomoniga uchirilgan “Chan'e-4” oy zondi Yerning tabiiy yo‘ldoshidagi tuproqni o‘rganish uchungina emas, balki koinot sharoitida o‘simliklar yetishtirish uchun ham qo‘llanmoqchi. Zondning bortida Oyda o‘simliklarni ekish bo‘yicha kamida 10 ta ilmiy tajriba o‘tkazilishi mumkin. Bu tajribalar Oyni zabt etuvchilar iste'mol qilishi uchun yaroqli kartoshkani yetishtirishga urinishni ham o‘z ichiga oladi.
Olimlarning aytishicha, bu koinot stansiyalarida oziq-ovqat mahsulotlarini olish imkoniyatlarini tekshirish uchun kerak.
Ta'kidlanishicha, barcha tajribalar Oydagi eng katta krater – Eytken krateri yonida o‘tkaziladi. Olimlar kartoshka ekilgandan keyin “koinot ozuqasi”ning xavfsizligiga ishonch hosil qilish uchun uning radiatsiya foni va boshqa ko‘rsatkichlarini o‘lchashadi.
Mavzuga oid
17:06 / 23.04.2025
Xitoy Oyda AES qurish rejasini tasdiqladi
01:07 / 03.04.2025
NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
19:06 / 10.03.2025
Oyga yana bir xususiy kompaniya kosmik apparati qo‘ndi. Ammo missiya 24 soatga bormay yakunlandi
18:13 / 02.03.2025