Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik shaxmatchi zaif eshituvchilar o‘rtasidagi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
Almati shahrida tezkor shaxmat bo‘yicha zaif eshituvchilar o‘rtasida xalqaro musobaqa tashkil qilindi, deb xabar beradi Milliy olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati.
Turnir shveysarcha tizimda tashkil etildi va 9 raunddan iborat bo‘ldi. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Belarus va Qozog‘istondan 33 nafar sportchi ishtirok etdi. Mukofot jamg‘armasi esa 350 ming tengega teng bo‘ldi.
Musobaqada o‘zbekistonlik FIDE ustasi Sirojiddin Zayniddinov 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘ardi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mezbon sportchi Amangeldi Naurizgaliyev ikkinchi bo‘lgan bo‘lsa, kuchli uchlikka qirg‘izistonlik Eduard Kim yakun yasadi.

Ma'lumot uchun, ikki karra jahon chempioni hisoblanuvchi Sirojiddin 2018 yil zaif eshituvchilar o‘rtasida Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan ochiq musobaqada ham g‘olib bo‘lgandi. Shuningdek, shu yil yozda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev unga Toshkent shahridan uy sovg‘a qilgan.

Mavzuga oid
17:50 / 21.05.2025
Magnus Karlsen dunyo bo‘yicha 143 ming shaxmatchi bilan onlayn o‘yin o‘tkazdi
20:52 / 26.03.2025
Ukrainalik grossmeyster g‘irromligi uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi
11:56 / 28.02.2025
Shaxmat bo‘yicha 10-jahon chempioni Boris Spasskiy vafot etdi
00:38 / 11.02.2025