Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburg aeroportida O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U o‘z oshqozonida 500 gramm gashish olib o‘tishga uringan
Peterburgdagi Pulkovo aeroportida huquq-tartibot organlari xodimlari O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi, u o‘z oshqozonida taxminan yarim kilogramm giyohvand modda olib o‘tishga uringan.
Erkak Pulkovo bojxonasi xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazish vaqtida ushlandi. U Peterburgdan Toshkentga parvoz qilmoqchi bo‘lgan, lekin rentgen jinoyatchining organizmida begona narsalar borligini ko‘rsatdi.
Ma'lum bo‘lishicha, narkokurer o‘z oshqozonida gashishli 287ta paketchani olib o‘tishga harakat qilgan. Olib qo‘yilgan giyohvand moddaning umumiy og‘irligi 493 grammni tashkil etdi, deya xabar bermoqda Pulkovo bojxonasi matbuot xizmati.
Mazkur holat bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi uchinchi qismi («giyohvand moddalarning yirik miqdordagi kontrabandasi») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburgda O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi o‘limida ayblangan shaxsga hukm chiqarilgandi.
Mavzuga oid
08:24 / 18.04.2025
Giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi kanal reklamasini tarqatgan shaxs ushlandi
10:38 / 11.04.2025
DXX giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazdi
11:50 / 25.03.2025
Hududlarda salkam 100 kg giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi
15:08 / 24.03.2025