Jahon | 16:28 / 12.12.2018
9402
2 daqiqa o‘qiladi

Rosgvardiya mitinglarni tarqatishga mo‘ljallangan zirhli mashinalar uchun 200 mln rubl sarflaydi

Foto: Reuters / Scanpix

Rosgvardiya mitinglarni tarqatish uchun foydalaniladigan «Ural-4320VV» zirhli avtomobillar sotib olish uchun qariyb 200 million rubl sarflaydi. Bu haqdagi ma'lumot davlat xaridlari portalida e'lon qilindi.

Hujjatlarga ko‘ra, 2019 yilda davlat mudofaa buyurtmasi doirasida 15ta zirhli mashina sotib olinadi, ularning har biri 13 million rubl turadi.

«Ural» 2014 yilda Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ichki qo‘shinlarida paydo bo‘lgandi. O‘shanda IIV IQ maxsus topshiriqli «Vityaz» markazi qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Konstantin Bistrov mashina mitinglar va muvofiqlashtirilmagan boshqa aksiyalarni tarqatish uchun «ideal» mos tushishini aytgandi.

18 tonna og‘irlikka ega avtomobil oltinchi sinfdagi himoyaga ega zirhli korpus bilan jihozlangan (u kalibri 7,62 millimetr bo‘lgan SVD miltig‘idan otilgan o‘qqa bardosh beradi) hamda zihrlangan ustki qismi va beshinchi sinfdagi himoyaga ega yon tomonlari bor. Korpus 18 kishidan iborat ekipajni ikki kilogramm portlovchi moddalar portlatilishidan himoya qila oladi. Mashina tezligi soatiga 90 kilometrga chiqadi, yurish masofasi - taxminan 1100 kilometr.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rosgvardiya rahbari Viktor Zolotov «or-nomusini himoya qilish» uchun muxolifatchi Aleksey Navalniyni sudga bergandi.

Mavzuga oid