Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saratov oblasti chegarasida O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. U davlatlararo qidiruvda bo‘lgan
Rossiyaning Saratov oblasti chegarasida joylashgan Ozinki o‘tkazish punktida O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi, u jinoyat sodir etgani uchun qidiruvda bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Chegara xizmatining Saratov va Samara oblasti bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mahkama ma'lumotlariga ko‘ra, chegara nazoratini amalga oshirish chog‘ida avtomobil transportida Markaziy Osiyo mintaqasi respublikalaridan birining fuqarosi aniqlangan. Ma'lum bo‘lishicha, 32 yoshli erkak davlatlararo qidiruvda bo‘lgan. U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining o‘ta yirik miqdorda o‘g‘irlik bilan bog‘liq bo‘lgan bir qancha moddalari bo‘yicha jinoyat sodir etishda gumon qilinmoqda.
«Qo‘lga olingan shaxs davlat chegarasi orqali o‘tkazilmadi, politsiya xodimlariga protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun topshirildi», - deya aniqlik kiritishgan mahkamadan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburg aeroportida O‘zbekiston fuqarosi ushlangani, u o‘z oshqozonida 500 gramm gashish olib o‘tishga uringani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
12:51 / 21.10.2024
Do‘stlik tumani Ekologiya inspeksiyasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi
15:10 / 11.10.2024
Qozog‘istonda qidiruvdagi o‘zbekistonlik ushlandi
08:40 / 07.09.2024
Turkiyaga ketib, bedarak yo‘qolgan o‘zbekistonlik yigit qidirilmoqda
14:48 / 21.08.2024