Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla sobiq xodimidan 167 mln dollar undirib olmoqchi
Tesla kompaniyasi o‘z sobiq muhandis-texnologi Martin Trippdan 167 million dollar undirib olishga qaror qildi. Bu haqda CNBC yuridik hujjatlarga tayangan holda xabar bermoqda.
Kompaniyaning fikriga ko‘ra, Tripp noqonuniy ravishda jurnalistlarga kompaniya haqidagi ma'lumotlarni xabar qilgan va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan bayonotlar bilan chiqqan. Bu ma'lumotlar Tesla aksiyalari qiymatining pasayishiga olib keldi.
Trippning advokati so‘zlariga ko‘ra, bunday da'volar bema'nilikdir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ilon Mask Tesla’ning «o‘lishini» taxmin qilgandi.