Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayol bolasi bilan ular ustiga bostirib kelayotgan yuk mashinadan arang qochib qoldi (video)
Vetnamning Xalong shahrida yuk mashinasi uchta avtomobilni urib yubordi va odamlarni bosib ketishiga bir baxya qoldi.
Haydovchi ayol yo‘l chetida to‘xtab, bolasi bilan mashinasidan tushganda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan tirkamali yuk mashina yo‘l o‘rtasidagi beton ajratgichga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Ayol o‘zi tomon bostirib kelayotgan yuk mashinasi yo‘lidan oxirgi lahzada qochib qolishga ulgurgan. Voqea guvohlardan birining mashinasidagi videoregistrator tomonidan muhrlangan.
Yuk mashinasi ikkita, jumladan ayol kelgan mashinani urib yuborgan va yo‘l chetida turgan yana bir mashinaga borib urilgan. Baxtli tasodif tufayligina yo‘l-transport hodisasida hech kim jabrlanmagan.
Mavzuga oid
12:09 / 08.03.2025
Zominda yuk mashinasi yonib ketdi
11:42 / 21.02.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi yo‘lga o‘tirib olgan shaxsni urib ketdi
15:34 / 03.11.2024
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi
07:50 / 31.10.2024