Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antarktidadagi barqaror muzliklar erishni boshladi
Amerika kosmik agentligidan ma'lum qilishlaricha, Sharqiy Antarktidadagi avval barqaror deb hisoblangan muzliklar erishni boshladi. Bu haqda NASA saytida xabar qilingan.
Agentlikdan qayd etishlaricha, ilgari olimlar bu mintaqada joylashgan muzliklar global o‘zgarishlarga moyil emas, deb hisoblardi.
Xususan, NASA ushbu hududdagi eng yirik Totten muzligi eriy boshlaganini qayd etgan. Olimlarning ogohlantirishicha, agar u butunlay erib ketsa, unda dengiz sathi 3 metrdan ko‘proqqa oshib ketadi.
Shuningdek, NASA’dan qo‘shimcha qilishlaricha, kichik hajmdagi muzliklar ham eriy boshladi - Vanderford, Andervud, Bond va Adams.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq erib borayotgan Antarktida ostida sirli hudud aniqlangandi.
Mavzuga oid
17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi
01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
23:59 / 03.05.2025
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
23:01 / 22.04.2025