Sport | 17:40 / 13.12.2018
19614
1 daqiqa o‘qiladi

Chempionlar Ligasi 1/8 final qur'asi: qachon, qayerda va qanday?

Foto: UEFA

Chempionlar Ligasi nimchorakfinal bosqichining qur'asi 17 dekabr kuni, Shveytsariyaning Non shahrida o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda UYeFA sayti.

Jamoalar ikkita savatchaga ajratiladi. Birinchi savatga guruh g‘oliblari - «Bavariya», «Barselona», «Borussiya» (Dortmund), «Manchester Siti», «Portu», «Pari Sen-Jyermen», «Real» va «Yuventus» joylashtiriladi.

Ikkinchi savatga guruhda ikkinchi o‘rinni olgan jamoalar - «Atletiko», «Ayaks», «Liverpul», «Lion», «Manchester Yunayted», «Roma», «Tottenhem» va «Shalke-04» joylashtiriladi.

Muhim jihati: bitta mamlakat vakillari va bitta guruhdan joy olgan jamoalar 1/8 finalda bir-biriga duch kelmaydi.

Chempionlar Ligasi finali 2019 yil 1 iyun kuni Madriddagi «Vanda Metropolitano» stadionida o‘tkaziladi.

Mavzuga oid