Tsirkni xususiy kompaniya boshqaruviga berish rejalashtirilmoqda
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbek sirk san'atini yanada rivojlantirish hamda “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan o‘zbek sirk san'atini yanada rivojlantirish hamda “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi 2019 yil 1 iyunga qadar:
Moliya vazirligi huzurida Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019 yil 1 aprelga qadar “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha texnik, moliyaviy va boshqa shartlarni puxta shakllantiradi;
“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ishonchli boshqaruvga berish maqsadida investorni aniqlash bo‘yicha belgilangan tartibda xalqaro tanlovini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari hokimliklari:
sirk san'atining jamiyatdagi mavqei, o‘rnini va ijtimoiy rolini oshirish, aholi ayniqsa, yoshlarni, respublikaning chekka hududlarda sirk dasturi va tomoshalaridan bahramand etish, maroqli hordiq chiqarishlarini tashkil etish maqsadida Samarqand, Farg‘ona va Xiva shaharlarida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida 500-700 o‘ringa mo‘ljallangan yarim statsionar sirklarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin;
davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida yarim statsionar sirklarni tashkil etish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida texnik, moliyaviy va boshqa shartlarni inobatga olgan holda tegishli hujjatlarni ishlab chiqadi va xususiy sherikni aniqlash bo‘yicha belgilangan tartibda tanlovlarni o‘tkazadi.
Belgilab qo‘yilishicha, davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida tashkil etiladigan yarim statsionar sirklar “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining hamda xorijiy ko‘chma sirk tomosha dasturlarini namoyish etish va boshqa konsert-tomosha tadbirlarni o‘tkazishni amalga oshiradigan tomosha maskani hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasi:
sirk dasturlari va tomoshalarining badiiy saviyasini oshirish va 2020 yilga qadar tomoshalar sonini kamida 500 taga, 2024 yilga qadar –1 000 tagacha yetkazish bo‘yicha zarur choralar ko‘radi;
2020 yilda sirk zalining tomoshabinlar bilan to‘lishi darajasini o‘rtacha hisobda kamida 60 foizga va 2024 yilga – 75 foizga yetkazadi;
teatr, kino, estrada va boshqa san'at turlari hamda zamonaviy yoritish va musiqali maxsus effektlarini qo‘llagan holda sifat jihatdan butunlay yangi sirk dasturlarini yaratadi;
2021 yilga qadar yangi sifatli sirk dasturlari va tomoshalari ulushini sirk dasturlari va tomoshalarining umumiy hajmida kamida 40 foizga yetkazilishini ta'minlaydi;
mashhur xorijiy sirk tashkilotlarini, shu jumladan, Fransiyaning «Cirque du Soleil», Xitoyning “Chang Long” xalqaro sirki, Rossiyaning Tsvetnoy bulvardagi Moskva sirki, Moskva katta sirki va boshqa shu kabi sirklarning respublikada gastrollarini tashkil etadi;
dunyoning mashhur sirk artistlari va mutaxassislarini respublikaga taklif etgan holda master klass, trening va tajriba almashishni, shu jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan estrada va sirk maktabida tashkil etadi;
milliy sirk san'atining madaniy eksportini amalga oshirish va “O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasining daromadlar manbalarini kengaytirish maqsadida eng tomoshabop sirk dasturlarini sahnalashtirgan malakali ijodiy jamoalarni (truppa) xorijiy davlatlarga gastrol safarlarini doimiy ravishda yo‘lga qo‘yadi;
“O‘zbek davlat sirki” davlat muassasasida namoyish etiladigan sirk dasturlari va tomoshalarini jahon internet tarmog‘i orqali pulli asosda masofadan onlayn tomosha qilish imkonini yaratish choralarini ko‘radi;
ushbu muassasada kirish chiptalarini shakllantirish, sotish va ishlatilishini hisobga olish va hisob-kitobini yuritish bo‘yicha Chipta operatsiyalarining yagona elektron tizimini joriy etadi;
bir oy muddatda mazkur bandda nazarda tutilgan ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlaydi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.10.2024
Avtobus yo‘laklarida boshqa transportlarning harakatlanishi ustidan nazorat kuchaytirildi
07:16 / 20.08.2024
Sanoatni boshqarishning vertikal tizimi joriy etiladi
07:40 / 17.08.2024
Kriptologiya sohasida idoralararo ekspert guruhi tashkil etiladi
07:15 / 24.07.2024