Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat yalpi majlisi ish boshladi. Unda qanday masalalar ko‘riladi?
13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilgi Davlat byudjyeti, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjyetlari hamda soliq va byudjyet siyosatining asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, «Soliq va byudjyet siyosatining 2019 yilgi asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalari kiritish to‘g‘risida»gi qonunni ko‘rib chiqadilar.
Bundan tashqari, majlisda «O‘zbekiston Respublikasining Konsullik ustavini tasdiqlash to‘g‘risida», «Jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish to‘g‘risida», «Urug‘chilik to‘g‘risida»gi va boshqa qonunlar ko‘rib chiqilishi kutilmoqda.
Ma'lumot uchun, Senatning o‘n yettinchi yalpi majlisida ichki ishlar vaziri va tashqi ishlar vazirining axboroti tinglanishi belgilangan.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
16:22 / 01.05.2025
Yerosti suvlaridan hisoblagichsiz foydalanganda soliq to‘lovi besh barobar oshiriladi
16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi
13:00 / 30.04.2025