Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda parashyut sporti bo‘yicha sport seksiyalari tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Vatanparvar” MKT va O‘zbekiston Parashyut sporti federatsiyasining parashyut sporti bo‘yicha sport seksiyalarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi O‘zbekiston Parashyut sporti federatsiyasi va “Vatanparvar” MKT bilan birgalikda:
mamlakatda parashyut sportini rivojlantirish, qo‘llab-quvvatlash va ommalashtirish, fuqarolarning mazkur sport turiga qiziqishini shakllantirish choralarini ko‘radi;
parashyut sporti bo‘yicha sport seksiyalarining aviatsiya va havo-desant komplekslari, parashyut tizimlari, anjomlar va trenajyerlar bilan, shuningdek, o‘quv-metodik va ko‘rgazmali qurollar bilan jihozlanishini ta'minlaydi;
“Vatanparvar” MKT markazlari va ta'lim muassasalari negizida fuqaro yoshlarni “parashyutchi” mutaxassisligi bo‘yicha tayyorlashni tashkil etadi.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025