Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘ztransgaz» ko‘rmagan choralar oqibatida Farg‘onada iste'molchilarning 35 foizi tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan»
Oliy Majlis Senati o‘n yettinchi yalpi majlisining ikkinchi kunida so‘zga chiqqan Senatning Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolib Madumarov Farg‘ona viloyatidagi muammoli masalalarga to‘xtalib o‘tdi.
«Viloyat iste'molchilarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 24 ming km elektr tarmog‘ining 3,7 ming kilometr qismi yoki 15 foizi foydalanish uchun qisman yaroqsiz holatga kelgan bo‘lsa, 8,5 ming kilometrdan yoki 35 foizdan ortiq qismi eskirgan.
Viloyatdagi elektr energiyasi uzatishga mo‘ljallangan simyog‘ochlarning aksariyati, 8 mingdan ziyod transformator punktlarining 980tasi yoki 12 foizi yaroqsiz holga kelib qolgan, 2 mingtasi yoki 24 foizi eskirgan. Buning natijasida, elektr energiyasidagi muntazam uzilishlar aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining haqli e'tirozlariga sabab bo‘lmoqda. Elektr energiyasi ba'zi mahallalarga bir soat yetkazilsa, ikki soat to‘xtatilmoqda.
«O‘ztransgaz» aksiyadorlik jamiyati tomonidan zarur choralar o‘z vaqtida ko‘rilmagani oqibatida viloyatdagi iste'molchilarning 35 foizi tabiiy gaz bilan ta'minlanmagan. Bundan tashqari, har bir xonadonga oyiga 20 kg o‘rniga bor-yo‘g‘i 9,4 kg suyultirilgan propan gazi ajratilmoqda», deya senatorning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
12:23 / 28.05.2025
Hayvonlarni identifikatsiya qilish jarayonlari tartibga solinadi
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
17:02 / 15.05.2025
“Baribir shu yerga quramiz”– Farg‘ona shahrida bolalar maydonchasi o‘rniga “dom” qurilyapti
13:36 / 03.05.2025