Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu aybini tan oladi – unga shartli qamoq jazosi tayinlanadi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Ispaniya tergovchilari bilan soliqlarni to‘lashdan bosh tortgani yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha kelishib olishga rozi bo‘ldi.
33 yoshli portugaliyalik sudda o‘z aybini tan oladi, buning evaziga unga 2 yillik shartli qamoq jazosi tayinlanadi, deb yozadi AS. Sud 2019 yil 14 yanvar kuni Madridda o‘tkaziladi.
Avvalroq, Ronalduga 14,7 million yevro miqdoridagi soliqlarni to‘lamaganlik aybi qo‘yilgan edi. U shundan 13,4 million yevroni Ispaniya g‘aznasiga qaytardi.
Ronaldu jinoyat ishini yopish uchun 375 ming yevro ham to‘lashga tayyor edi, ammo bu taklif rad qilindi. Agar futbolchi yana bir marta Ispaniya qonunlarini buzsa, u holda haqiqiy qamoq jazosini olishi mumkin.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
08:30 / 26.03.2025
Xato tufayli o‘limga hukm qilingan yaponiyalik chol rekord miqdorda tovon puli oldi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
16:13 / 17.03.2025