Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada O‘zbekistonning 17 fuqarosi o‘limiga sababchi bo‘lganlar sud oldida javob beradi
Rossiyaning Vladimir oblasti Pokrov stansiyasida poyezd g‘ildiraklari ostida qolgan o‘zbekistonliklarning o‘limiga sababchi bo‘lganlar sud oldida javob beradi. Petushinskiy tuman sudi O‘zbekistonning 17 fuqarosi o‘limi bo‘yicha ikki nafar xorijlikka nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqadi.
Yo‘l-transport hodisasi 2017 yil 6 oktabr kuni erta tongda, Vladimir oblastining Petushinskiy tumani Pokrov stansiyasida sodir bo‘lgan.
Ayblanuvchilar ikki nafar. Ularning har ikkisi mehnat migrantlari va ularning oila a'zolarini Rossiyadan Qozog‘istonga tashishni tashkillashtirgan xorijiy fuqarolardir. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, odamlar tashilgan avtobus texnik xususiyatlari bo‘yicha xavfsizlik talablariga javob bermagan.
O‘tgan yilning 6 oktabr kuni soat 03:39da Vladimir oblastining Petushinskiy tumanidagi Pokrov temir yo‘l stansiyasida poyezd va avtobus to‘qnashuvi sodir bo‘lgan. YTH natijasida 17 nafar O‘zbekiston fuqarosi vafot etgan.
Avtobus kesishma ustida o‘chib qolgan. Poyezd mashinisti yo‘ldagi avtobusni ko‘rgach, favqulodda to‘xtashni qo‘llashga uringan, ammo sostavni to‘xtata olmagan.
Jinoyat ishi Rossiya Jinoyat kodeksining 263-moddasi 3-qismi («temiryo‘l, havo, dengiz va ichki suv transporti va metropoliten harakati xavfsizligi va undan foydalanish qoidalarini buzish») alomatlari bilan qo‘zg‘atilgan. Mazkur modda bo‘yicha ayblanuvchilar uzog‘i bilan yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025
Rossiya TIV: Avval Istanbuldagi muzokaralar, keyin - sulh mavzusi
13:00 / 12.05.2025