Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu «Yuventus»ga g‘alaba keltirdi
«Yuventus» Italiya A Seriyasining 16-turida «Torino» ustidan g‘alabaga erishdi. «Olimpiko di Torino» stadionida kechgan Turin derbisi 1:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yindagi yagona gol «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu tomonidan 70-daqiqada penaltidan urildi.
«Yuventus»ning Italiya chempionatidagi g‘alabali seriyasi 7 o‘yinga yetdi. «Torino» uchun bu oxirgi 4 o‘yindagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi.
«Yuventus» 46 ochko jamg‘argan holda A Seriya turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda, «Torino» 22 ochkosi bilan — oltinchi o‘rinda.
Keyingi turda Massimiliano Allegri shogirdlari «Roma»ni qabul qiladi, Valter Matstsarri shogirdlari «Sassuolo» mehmoni bo‘lishadi. Ikki o‘yin ham 22 dekabrga belgilangan.
Italiya chempionati
16-tur
Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.
Torino – Sirigu (Ichaso, 20), Itstso, Nkulu, Djidji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Paridjini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti.
Yuventus – Perin, De Shilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Djan, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Mandjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Dzadza (27), Pyanich (48), Jan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90)
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024