Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shri-Lankaning sobiq bosh vaziri lavozimiga qaytadigan bo‘ldi
Shri-Lankaning sobiq bosh vaziri Ranil Vikramasingxe 16 dekabrda lavozimiga qaytadigan bo‘ldi.
15 dekabrda Shri-Lankaning amaldagi bosh vaziri Maxinda Rajapaksa iste'foga ketishi haqidagi hujjatni imzoladi. Dekabr boshida Shri-Lanka apellyatsiya sudi Rajapaksa va uning hukumatiga o‘z vazifalarini bajarishni va hukumat yig‘ilishlarini o‘tkazishni taqiqlagan. Bosh vazir sudning bu qarori ustidan shikoyat qilgan. 13 dekabrda mamlakat oliy sudi Rajapaksa bosh vazir vazifalarini bajarishga huquqi yo‘qligi haqida qaror chiqargan.
“Vikramasingxe bugun ertalab qasamyod keltiradi”, deb ma'lum qilingan sobiq bosh vazir hukumati vakillaridan biri.
2005 yildan 2015 yilgacha prezident lavozimini egallagan Maxinda Rajapaksa 26 oktabrda yangi bosh vazir etib tayinlangach, mamlakatda siyosiy tanglik vujudga kelgan. O‘shanda sobiq bosh vazir Vikramasingxe konstitutsiyaga ko‘ra u hali ham bosh vazir ekanligini aytgan. Shundan keyin prezident parlament ishida tanaffus e'lon qilgan, mamlakat bo‘ylab esa ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tgan. 13 noyabrda mamlakat oliy sudi prezidentning parlamentni tarqatish farmoni ijrosini to‘xtatgan, 14 noyabrda esa parlament Radjapaksaga ishonchsizlik bildirish uchun ovoz bergan.
Mavzuga oid
15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
18:35 / 09.05.2025
Shri-Lankada vertolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi
11:33 / 24.02.2025
Shri-Lankada “advokat” sud zalida gumonlanuvchini otib tashladi
22:08 / 20.02.2025