Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘qday uchadi. Dunyodagi eng tezyurar liftga ega bino nomi ma'lum qilindi
Balandligi bo‘yicha Janubiy Koreyada birinchi va dunyoda beshinchi o‘rinda turuvchi Lotte World Tower binosi yangi unvonni qo‘lga kiritdi. U dunyodagi eng tezyurar liftga ega bino sifatida e'tirof etildi. Business Insider nashrining xabar berishicha, lift binoning birinchi qavatidan 121-qavatiga bir daqiqa ichida yetib boradi.
Qayd etilishicha, bino mutlaqo xavfsiz — u 9 balli zilzilaga va AQSh janubi-sharqini vayron qilgan "Katrina" kabi dovulga ham dosh beradi. Bino 123 qavatdan iborat.
U Seuldagi eng ommabop turistik maskanlardan hisoblanadi. Yangi unvonni qo‘lga kiritganidan so‘ng mazkur binoga tashrif buyuruvchilar soni yiliga 60 mln kishiga yetishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:39 / 06.03.2025
Maishiy xizmat ko‘rsatish binolarida 246 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
13:08 / 25.02.2025
Aholi va xo‘jalik sub’yektlari binolari tomining kamida 50 foizi quyosh panellari bilan jihozlanadi
10:14 / 14.01.2025
Baland qavatli binolarga videokuzatuv qurilmalari o‘rnatiladi
09:00 / 09.01.2025