Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning ilk derbisi, «Napoli»ning so‘nggi daqiqadagi goli – Italiyada tur voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 16-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.
«YuVeNTUS» TURIN DeRBISIDA G‘ALABA QOZONDI
«Torino» va «Yuventus» o‘rtasidagi Turin derbisi qiziqarli va teng kurashlar ostida o‘tdi. «Buqalar» nomdor raqibiga munosib qarshilik ko‘rsata olishdi. Birinchi bo‘limda mezbonlarning biroz ustunligi sezildi. Ular Belotti sa'y-harakatlari bilan bir necha marcha raqib darvozasiga xavf solib turishdi.
Ikkinchi bo‘limda «Yuventus» vaziyatni tenglashtirdi va mezbonlar darvozasi oldida bir necha xavfli vaziyatlarni vujudga keltirdi. Shulardan birida darvozabon Ichaso hujumchi Manjukichni chalib yiqitdi. Belgilangan penaltini Ronaldu aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Bu portugaliyalik to‘purarning chempionatdagi 11-goli bo‘ldi.
Shundan so‘ng, «Torino»ning shashti ancha pasaydi. «Yuventus» esa xotirjamlik bilan o‘yinni g‘alabali yakungacha olib bordi. Ronaldu Italiyadagi ilk derbisida g‘alaba qozondi.

«Yuventus» bosh murabbiyi Massimiliano Allegri o‘yindan so‘ng, g‘alabaga quyidagicha izoh berdi: «Bunday o‘yinda ko‘p gol urish amri mahol edi. Raqib tezlikni pasaytirgach, o‘yinni nazorat qila boshladik. Bundan tashqari, uch kun oldin Chempionlar Ligasi o‘yinini o‘tkazgandik. Yigitlar hamjihatlik bilan to‘p tepishdi. Hozircha jamoa yaxshi formada, muhimi shu», - dedi Allegri.
Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.
Torino – Sirigu (Ichaso, 20), Itstso, Nkulu, Jiji, Rinkon, Ayna (Berenger, 85), Ansaldi (Parijini, 75), Bazelli, Meyte, Dzadza, Belotti.
Yuventus – Perin, De Shilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Jan, Pyanich, Matyuidi, Dibala, Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Dzadza (27), Pyanich (48), Jan (51), Ronaldu (70), Ansaldi (72), Perin (90).
«NAPOLI» SO‘NGGI DAQIQADA «KALYaRI» QARShILIGINI SINDIRDI
«Napoli» safarda «Kalyari» bilan o‘ynadi. Anchelotti tarkibda sezilarli rotatsiya qildi, natijada, jamoa muammolarga duch keldi. Birinchi bo‘limda «Kalyari» mehmonlarning kam sonli hujumlarini osonlikcha qaytarib turdi. Ikkinchi bo‘limda Anchelotti jamoani uyg‘ota oldi va neapolliklar xavfli vaziyatlar sonini keskin oshirishdi. «Kalyari» himoyachilari ter to‘kib, ularni bartaraf qilishdi. Jamoa ba'zan xavfli qarshi hujumlarga o‘tib turdi. Ospina mahoratini namoyish qilmaganida, mezbonlar hisobni ochishi ham mumkin edi. Shundan so‘ng, Anchelotti maydonga Mertens, Insine va Kalexonni tushirdi. Natijada, so‘nggi daqiqalarda jamoa g‘alaba keltiruvchi golni urishga muvaffaq bo‘ldi. Milik jarima zarbasini ajoyib tarzda amalga oshirib, «Napoli»ga muhim uch ochkoni keltirdi. Bu g‘alabadan so‘ng, neapolliklar peshqadam «Yuventus»dan 8 ochkolik farqni saqlab qolishdi.

O‘yindan keyin Karlo Anchelotti hujumchi Milikning o‘yiniga yuqori baho berdi. «Milik – jiddiy futbolchi. U qiyin vaziyatlarda jamoaga yordam bera oladi. Bu o‘yinda muammolar bo‘lishi kutgan edik. Asosiy tarkib futbolchilarining yo‘qligi bunga sabab bo‘ldi. Men ularga biroz dam bermoqchi edim. Ikkinchi bo‘limda Milik va Mertensni tushirdim, keyin vaziyat o‘nglandi», - dedi murabbiy.
Kalyari – Napoli 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Milik.
«INTeR» QIYINChILIK BILAN «UDINeZe»NI MAG‘LUB ETDI
«Inter» o‘z maydonida «Udineze» bilan o‘ynadi. Mezbonlar zarbalar, jarimalar, burchak zarbalari soni bo‘yicha katta ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, atigi 1ta gol evaziga g‘alaba qozonishdi. «Inter» bu o‘yinni yaxshi o‘tkaza olmadi, jamoada charchoqlik alomatlari borligi sezilib turdi.
Birinchi bo‘limda Keyta va Ikardining uzoq masofadan yo‘llagan zarbalarini darvozabon Musso qaytara oldi. Ikkinchi bo‘limda, Ikardi penalti ishlab oldi va o‘zi uni aniq amalga oshirdi. Shundan so‘ng, «Inter» himoyada ishonchli harakat qilib, o‘yinni g‘alaba bilan yakunladi.

O‘yindan keyin «Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti qo‘yidagi fikrlarni bildirdi: «Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng, biz bosimni his qilayotgandik. Bugungi g‘alaba bizga ancha yengillik beradigan bo‘ldi. «Udineze» jiddiy qarshilik ko‘rsatdi, biz hujumkor o‘ynadik va maqsadimizga erishdik. «Inter» oldinga qarab boraveradi».
Inter – Udineze 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76, penalti Ikardi.
«ROMA» MUVAFFAQIYaTSIZ SeRIYaGA BARHAM BeRDI
«Roma» o‘z uyida «Jyenoa» bilan o‘ynadi. Rimliklar juda qiyin va irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi. «Jyenoa» ikki marcha hisobda oldinda borishiga qaramay, yakunda g‘alabani boy berdi.
Birinchi bo‘lim gollarga boy tarzda o‘tdi. Har ikkala jamoa hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. «Jyenoa» hujumchisi va A Seriya to‘purari Pyontek 17-daqiqada hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida jamoalar uchta gol urib, tanaffusga 2:2 hisobidagi durang natija bilan yo‘l olishdi. Ikkinchi bo‘limda Kristante tomonidan urilgan gol mezbonlarga muhim g‘alabani keltirdi.

«Roma» bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko o‘yindan keyin quyidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi: «Biz avvalgi bahslardagi xatolarni chuqur tahlil qilib chiqdik. G‘alaba bizga jamoaviy ruhni qaytardi, bu eng muhimi edi. Qatorasiga uchta o‘yinda g‘alaba qozonmay, katta bosim ostida qolgan edik. Endi «Roma» qayta tiklanishi kerak».
Roma – Jyenoa 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 17 Pyontek, 1:1 – 31 Fasio, 1:2 – 33 Xilemark, 2:2 – 45 Klyuyvert, 3:2 – 59 Kristante.
A SeRIYa 16-TUR NATIJALARI
15 dekabr
Inter – Udineze 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 76, penalti Ikardi.
Torino – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 70, penalti Ronaldu.
16 dekabr
Kalyari – Napoli 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Milik.
Roma – Jyenoa 3:2 (2:2, 1:0)
Gollar: 0:1 – 17 Pentek, 1:1 – 31 Fasio, 1:2 – 33 Xilemark, 2:2 – 45 Klyuyvert, 3:2 – 59 Kristante.
SPAL – Kevo 0:0
Sampdoriya – Parma 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 66 Kaprari, 2:0 – 69 Kualyarella.
Fiorentina – Empoli 3:1 (1:1, 2:0)/
Gollar: 0:1 – 23 Krunich, 1:1 – 40 Miralyas, 2:1 – 59 Simeone, 3:1 – 78 Dabo.
Frozinone – Sassuolo 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 43, avtogol Ariaudo, 0:2 – 58 Berardi.
17 dekabr
Atalanta – Latsio
18 dekabr
Bolonya – Milan
A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TO‘PURARLARI
12 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa, 2 pen)
11 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 3)
10 - Chiro Immobile (Latsio, 2)
9 - Fabio Kvalyarella (Sampdoriya), Mauro Ikardi (Inter, 3)
8 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Arkadiush Milik (Napoli)
A SeRIYa 18-TUR O‘YINLARI
26 dekabr
Frozinone - Milan
Bolonya - Latsio
Atalanta - Yuventus
Fiorentina - Parma
Kalyari - Jyenoa
Sampdoriya - Kevo
SPAL - Udineze
Torino - Empoli
Roma - Sassuolo
Inter - Napoli
«YuVeNTUS» YeVROPADAGI ENG YaXShI STARTNI QAYD ETDI
«Yuventus» Italiya chempionatining 16-turida «Torino»ni mag‘lub etdi (1:0). O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan penalti orqali urildi.
Massimiliano Allegri jamoasi A Seriyada qatorasiga yettinchi o‘yinda g‘alaba qozondi.
Italiya chempionatining joriy mavsumida «Yuventus» 15 g‘alabaga erishdi va 1 o‘yinda durang qayd etdi. Bu esa Yevropa ligalaridagi eng yaxshi startning takrorlanishi bo‘ldi. Dastlabki 16 turda bunday natijani «Tottenhem» (1960/61), «Barselona» (2012/13) va «Manchester Siti» (2017/18) ham qayd etgan.
UYeFA «MILAN»NI JAZOLADI
UYeFA «Milan» klubini moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun jazoladi. Football Italia xabariga ko‘ra, «rossoneri» Yevropa Ligasidagi ishtiroki orqali ishlab topgan mukofot pullaridan (12 million yevro) mahrum qilindi. Bundan tashqari, navbatdagi 2ta mavsumda yevrokuboklarda ishtirok etish uchun jamoa 21 nafardan ortiq futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydigan bo‘ldi.
UYeFA «Milan»ga 2021 yil 30 iyuniga qadar qarzlardan to‘liq qutulib, musbat byudjyetga chiqish talabini qo‘ydi. Aks holda, klub 2022/23 va 2023/24 mavsumida yevrokuboklardan chetlatiladi. Klub UYeFAning bu qarori ustidan Sport arbitraj sudiga shikoyat qilmoqchi.
IKARDI «INTeR» BILAN YaNGI ShARTNOMANI KeLIShIB OLDI
«Inter» hujumchi Mauro Ikardi bilan yangi bitim shartlari borasida kelishuvga erishdi. Italiya matbuoti xabariga ko‘ra, shartnoma muddati 2023 yilgacha mo‘ljallanmoqda. Futbolchining maoshi bonuslarni hisobga olmaganda yiliga 7 million yevroni tashkil etadi.
25 yoshli Mauro 2013 yildan buyon «neradzurri» sharafini himoya qilib keladi. U joriy mavsumda A Seriyaning 12ta o‘yinida qatnashib 8ta gol urgan va 2ta golli uzatmani amalga oshirgan. YeChLda esa 6ta o‘yinda maydonga tushib, 4ta gol muallifi bo‘ldi.
RONALDU «YuVeNTUS»NING A SeRIYaDAGI YuBILeY GOLIGA MUALLIFLIK QILDI
«Yuventus» Italiya chempionati 16-turida «Torino» ustidan g‘alabaga erishdi. «Olimpiko di Torino» stadionida kechgan Turin derbisi mehmonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol 70-daqiqada penaltidan unumli foydalangan Krishtianu Ronaldu hisobiga yozildi.
Bu gol «Keksa sinora»ning A Seriyadagi yubiley - 5000-goli bo‘ldi. Turinliklar Italiyada bu marraga yetgan ilk klub bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024