Jahon | 13:06 / 17.12.2018
24025
2 daqiqa o‘qiladi

TIV: Yaponiyadagi portlashda jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi

Foto: Kyodo

2018 yilning 16 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:30da Yaponiyaning Sapporo shahridagi (Xokkaydo prefekturasi) kafelar va ko‘chmas mulk agentliklari joylashgan tijorat binosida portlash yuz bergani haqida Yaponiya OAV xabar tarqatdi.

TIV xabariga ko‘ra, 17 dekabr tongi holatiga ko‘ra 42 kishining turli darajadagi jarohatlar olgani haqida aytilmoqda. 

O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Xokkaydo prefekturasida yashovchi vatandoshlar bilan bog‘langan. Jarohatlangan O‘zbekiston fuqarolari to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmadi, deyiladi xabarda.

OAV xabariga ko‘ra, jarohat olganlar tezda kasalxonaga olib ketilgan, mahalliy politsiya xabarida aytilishicha, ularning ahvoli qoniqarli darajada.

Shoshilinch chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni tezlik bilan bartaraf etishdi, ammo pab binosi butunlay yonib ketdi hamda qulab tushdi. Qo‘shni do‘konlar va kafe derazalariga zarar yetgan. Portlash sababi haqida hozircha aniq xabarlar yo‘q.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid