Sport | 09:37 / 18.12.2018
8692
1 daqiqa o‘qiladi

Messi «Barselona»da yana bir rekord o‘rnatdi

Foto: Getty Images

Ispaniya chempionatining 16-turida «Barselona» «Levante»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgan edi.

La Liga rasmiy tvitterida ma'lum qilinishicha, Messi yakshanba kuni Primeradagi 323-g‘alabasini qo‘lga kiritgan. U chempionatdagi yutuqli o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordchisi – Xavidan (322) o‘zib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, har ikkala futbolchi ham «Barselona» tarbiyalanuvchilari sanaladi. Xavi 1998-2015 yillarda ko‘k-anorrang libosda to‘p surgan, ayni paytda esa Qatarning «Al-Sadd» klubida o‘ynayapti.

31 yoshli Messi esa La Ligada 2004 yil 16 oktabr kuni debyut qilgan. U – 572ta gol muallifi – «Barsa» tarixidagi eng yaxshi to‘purardir. Bu borada eng yaqin ta'qibchisi – Sesar Rodriges undan ikki barobardan ham kamroq – 232ta gol urgan.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid