Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronalduning agenti unda «Yuventus»ga o‘tish istagi qachon uyg‘onganiga aniqlik kiritdi
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti mijozining «Real»dan Turin klubiga o‘tishi jarayoni haqidagi ba'zi ma'lumotlarni ochiqladi.
«Krishtianu «Yuventus»ga o‘tishni istayotgani haqida menga yanvar oyidayoq aytgan edi. O‘shanda men bu transfer amalga oshmasa kerak, degan fikrda edim. Lekin noto‘g‘ri o‘ylagan ekanman.
Aprel oyida Turinda bo‘lib o‘tgan «Yuve»-«Real» o‘yinidan oldin Paratichi va Nedved («Yuventus»ning sport direktori va vitse-prezidenti – Tribuna) bilan uchrashganman. Shundan so‘ng Anelli («Yuventus» prezidenti) bilan ko‘rishdik. Ana shundan keyingina menda transferning imkoni borligiga ishonch uyg‘ondi. Yakunda esa muzokaralarga 2-3 oy vaqt ketdi», - degan Mendeshning so‘zlarini chop etdi Tuttosport.
Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchining transfer qiymati 112 million yevroni tashkil etgan edi. U A Seriyada ortda qolgan 16ta turning barchasida qatnashib, 11ta gol va 5ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Mavzuga oid
15:10 / 01.05.2025
Ronaldu va Messi bir kunda yarimfinal o‘yinlarida yutqazdi
14:09 / 24.03.2025
Ronaldu noyob ko‘rsatkichga erishdi
15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»
11:06 / 14.12.2024