Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh koinot kuchlari qo‘mondonligini tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi
AQSh prezidenti Donald Tramp koinot kuchlari qo‘mondonligini tashkil etish haqidagi farmonni imzoladi.
Tramp o‘z qarori bo‘yicha mudofaa vaziri va shtablar boshliqlari birlashgan qo‘mitasi boshlig‘i bilan kelishib oldi.
Tramp yangi tuzilmaning javobgarlik sohasiga “avvalroq AQSh strategik qo‘mondoni zimmasiga yuklangan, koinotga taalluqli majburiyatlar” kirishini aytgan. Yangi tuzilmaning huquq va majburiyatlari ro‘yxati keyinroq e'lon qilinadi. Mudofaa vaziri koinot kuchlari qo‘mondoni va uning o‘rinbosari lavozimlariga nomzodlarni taklif qiladi.
Koinot kuchlarini tashkil etishga mablag‘lar 2020 yil byudjyetiga kiritilishi rejalashtirilgan. Bir qator ekspertlar Trampning bu qarorining maqsadga muvofiqligi borasida shubha bildirishgan, chunki de-fakto AQSh koinot kuchlari ko‘p yillardan beri harbiy-havo kuchlari va strategik qo‘mondonlik tarkibida faoliyat yuritib kelardi.
1 oktyabrda boshlangan 2019 moliyaviy yil uchun mudofaa byudjyetiga ko‘ra, AQShning raketalarga qarshi mudofaa agentligi yaqin orada koinotda ballistik raketalarni kuzatish va ushlash tizimlarini joylashtirish bo‘yicha ishlarni boshlashi kerak.
Ayni vaqtda xalqaro kelishuvlarga ko‘ra, fazoda faqat ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishga taqiq kiritilgan. Biroq koinot texnologiyalariga ega biror davlat hozircha koinotda rasman biror-bir qurol joylashtirmagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025