Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London qat'iy Brexit holatiga harbiylar tayyorgarligini oshiradigan bo‘ldi
London Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqishi holatiga 3,5 mingdan ko‘proq harbiyni yuqori tayyorgarlik holatiga keltiradi. Bu haqda Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson ma'lum qildi.
Avvalroq Britaniya bosh vazirining vakili jurnalistlarga hukumat kelishuvsiz Brexit’ga tayyorgarlik ko‘rishni faollashtirganini ma'lum qilgan. Bunda parlament tomonidan hujjatning ko‘rib chiqilishi jarayoni tezligi xavotir tug‘dirmoqda. Dastlab hujjat bo‘yicha ovoz berish 11 dekabrga belgilangan edi. Biroq bosh vazir Tereza Mey 3 kun davom etgan munozaralardan keyin kelishuvni joriy holatda deputatlarning ko‘pchiligi qo‘llab-quvvatlamasligini tan olgan va ovoz berishni yanvar o‘rtasiga ko‘chirgan.
“Hozircha bizga vazirliklardan ko‘mak ko‘rsatish murojaati kelib tushdi. Biroq biz kutilmagan holatlarga rejalar tayyorlamoqdamiz va istalgan idoraga istalgan vaziyatda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida ham muntazam kuchlar, ham zaxirachilar tarkibidan 3,5 ming harbiyni yuqori tayyorgarlik holatiga keltiramiz”, deb aytgan Uilyamson “uning vazirligi qat'iy Brexit’ga tayyor-tayyormasligi” borasidagi savolga javoban.
Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqini 2019 yil 29 martda tark etishi kerak.
Mavzuga oid
23:08 / 27.05.2025
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
11:50 / 26.05.2025
Britaniya bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan gilos yetkazib berildi
18:08 / 22.05.2025
Britaniya Rossiya maxsus xizmatlarini 10 mingga yaqin kamerani buzib kirganlikda aybladi
09:04 / 21.05.2025