Light | 14:28 / 19.12.2018
20279
1 daqiqa o‘qiladi

Olimlar shakarning yana bir xavfli xususiyatini aniqlashdi

Foto: Wikimedia Commons

Shakar ichak mikroflorasi ko‘payishi uchun zarur bo‘lgan oqsil faoliyatiga to‘sqinlik qiladi. Bu borada tadqiqot o‘tkazgan Yyel universiteti olimlari ana shunday xulosaga keldi, deb xabar berdi MedicalXpress.

Olimlar tajriba siqchonlari yemishiga tarkibida ko‘p miqdorda glyukoza va fruktoza bo‘lgan mahsulotlarni kiritishdi. 

Ilgari shakar ingichka ichakda so‘rilib ketadi deb hisoblanardi, ammo tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, u yo‘g‘on ichakka ham o‘tar va foydali mikrofloraga ta'sir ko‘rsatar ekan.

Olimlarning aniqlashicha, shakar foydali bakteriyalar uchun javob beruvchi Roc oqsili ishlab chiqarilishini to‘sib qo‘yar va bu salomatlik bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishiga olib kelar ekan. Bunda shakarning qanday turda bo‘lishining (fruktoza yoki glyukoza) ahamiyati yo‘q ekan.

Mavzuga oid