Jahon | 08:24 / 20.12.2018
12591
2 daqiqa o‘qiladi

Nyu-Yorkda kanadalik «yangi 11 sentyabr»ga tayyorgarlik ko‘rgani uchun 40 yilga qamaldi

Foto: New York’s Times

Kanadaning 20 yoshli fuqarosi, IShID terrorchilik tashkiloti a'zosi Abdurahmon al-Bahnasavi 2016 yilning yozida Nyu-Yorkda teraktlar sodir etish maqsadida til biriktirgani uchun 40 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi saytida xabar berilgan.

Rasmiylar versiyasiga ko‘ra, al-Bahnasavi metro va Nyu-Yorkning bosh maydoni - Tayms-skverda - 2016 yil yozida portlashlar uyushtirishni rejalashtirgan. Shuningdek, u konsert maydonlarida tinch aholi vakillariga qarata o‘t ochish maqsadida bo‘lgan.

Al-Bahnasavi metro xaritasida bomba qo‘yilgan joylarni ko‘rsatdi. U portlovchi qurilmalar tayyorlash uchun ko‘plab materiallar sotib olgan, deya qo‘shimcha qilib o‘tishgan AQSh Adliya vazirligida. Erkak rejalari haqida ikki nafar sherigi - Nyu-Yorkda terakt sodir etish uchun kelmoqchi bo‘lgan, Pokistondan bo‘lgan amerikalik va pul jo‘natgan Filippin fuqarosi bilan o‘rtoqlashgan. Ularning har ikkisi ham 2016 yilda qo‘lga olingan va AQShga ekstraditsiya qilingan.

Ta'kidlanishicha, jinoyatchini aniqlash va qo‘lga olishga FQBning maxsus biriktirilgan agenti tufayli erishilgan.

Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, al-Bahnasavi «yangi 11 sentabr» uyushtirishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV IShID London metrosiga kimyoviy hujumni rejalashtirgani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid