O‘zbekiston | 22:00 / 20.12.2018
12545
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Forbes jurnalining biznes yuritish uchun qulay mamlakatlar reytingida 105-o‘rinda joylashdi

Forbes jurnali 2019 yilda biznes yuritish uchun qulay mamlakatlar reytingini e'lon qildi. O‘zbekiston mazkur reytingda 105-o‘rinda joylashdi.

Ro‘yxatni Buyuk Britaniya boshqarmoqda. Ikkinchi o‘rin Shvetsiyaga nasib etdi. Hongkong uchinchi o‘rinda joylashdi. Keyingi o‘rinlarga Niderlandiya va Yangi Zelandiya munosib deb topildi.

Eng yuqori o‘ntalikka shuningdek, Kanada, Daniya, Singapur, Avstraliya va Shveytsariya kiritildi.

Qo‘shni Qozog‘iston mazkur reytingda 65-o‘rinda joylashgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 108-o‘rindan joy oldi.

Nashr reytingni tuzishda mulk huquqining himoyalanganligi, innovatsiyalar, soliqlar, texnologiyalar, korrupsiya, bozor hajmi, siyosiy xatarlar, turmush darajasi, ish kuchining sifati, shaxsiy, savdo va moliyaviy erkinliklar, byurokratiya darajasi va investitsiyalarning himoyalanganligi kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.

Avvalroq O‘zbekiston Jahon Bankining Doing Business reytingida 76-pog‘onani egallagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid