O‘zbekiston | 01:48 / 20.12.2018
29481
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi - Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

Hujjat faol investitsiya siyosatini davom ettirish, amaldagi ishlab chiqarishlarni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash va yangi yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha strategik va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish hamda samarali o‘zlashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni inobatga olgan holda sa'y-harakatlarni jamlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish, shuningdek, buning asosida aholi bandligini, ularning turmush darajasi va sifati oshirilishini ta'minlash maqsadida qabul qilinmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan Moliya vazirligi, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan, quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi:

  • 2019 yilda kapital qo‘yilmalarning asosiy parametrlari;
  • 2019 yilda ijtimoiy, uy-joy, muhandislik va transport infratuzilmasi obektlarini ishga tushirish prognozi;
  • 2019 yilda obektlar va ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish manzilli dasturi, jumladan quyidagilar tasdiqlanmoqda:

a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan, 2019 yilda obektlar qurish va ularni rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;

b) markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • 2019 yilda melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  • 2019 yilda avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish va rekonstruksiya qilish, shuningdek, obektlarni jihozlash va texnikalar xarid qilish manzilli dasturi;
  • 2019 yilda oliy ta'lim muassasalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar musiqa va san'at maktablari, tibbiy, ilmiy-tadqiqot, umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalari obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash va jihozlash manzilli dasturlari;
  • 2019 yilda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlari obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi;
  • 2019 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida loyihalarni moliyalashtirishni tashkil qilgan holda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish manzilli dasturi;

v) 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati bilan xorijiy kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

g) 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘larini jalb qilgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

d) 2019 yilda tarmoq investitsiya loyihalari doirasida investitsiyalarni o‘zlashtirish yig‘ma manzilli dasturi;

ye) markazlashtirilmagan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriladigan:

  • 2019 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan tarmoq investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;
  • 2019 yilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda amalga oshiriladigan hududiy investitsiya loyihalarining manzilli dasturi;

j) quyidagilar:

  • 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashni jadallashtirish talab etiladigan investitsiya loyihalari ro‘yxati;
  • 2019 yilda ko‘rib chiqiladigan istiqbolli investitsiya va infratuzilma tarmoq loyihalari ro‘yxati;
  • 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan hamda tasdiqlanadigan, qurilishi va rekonstruksiya qilinishi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan obektlar ro‘yxati;
  • 2019 yilda loyihaoldi va loyiha hujjatlari ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan, markazlashtirilgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilayotgan ijtimoiy soha obektlari ro‘yxati ma'qullanmoqda.

Mavzuga oid