O‘zbekiston | 14:24 / 20.12.2018
12097
1 daqiqa o‘qiladi

To‘yintirilmagan unning olib kirilishi cheklanadi

Foto: Depositphotos

Prezident Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 2019-2022 yillarda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va aholi jismoniy faolligi darajasini oshirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Hujjatda aytilishicha, 2014-2015 yillarda o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining yarmi ortiqcha vaznga ega, semizlik har beshinchi yoshi katta fuqaroda aniqlangan, 46 foizning qonida yuqori xolesterin darajasi bor.

Bug‘doy unini mikronutriyentlar bilan to‘yintirish darajasi barcha navlardagi, ishlab chiqariluvchi hamda import qilinuvchi unning umumiy hajmidan 30%ni tashkil etadi. Bunday unni aholining 56 foizi iste'mol qiladi. Temir tanqisligi anemiyasi oldini olish uchun aholining 90 foizini qamrab olish darkor.

Shu munosabat bilan mikronutriyentlar bilan to‘yintirilmagan birinchi turdagi bug‘doy unini O‘zbekistonga olib kirishni cheklash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid