Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyada hukumat iste'foga chiqdi
Belgiyada taxminan yarim yildan keyin parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda mamlakat qiroli Filipp farmoyish bergan.
Qirol “hukumatning iste'fosiga rozi bo‘lib”, 21 dekabrda bosh vazir Sharl Mishelning hukumatini tarqatib yuborgan.
Yangi saylovlar 2019 yil mayiga belgilangan.
Sharl Mishel BMTning migratsiya haqidagi paktini imzolagandan keyin Belgiyada siyosiy inqiroz yuzaga kelgan. Bir qator vazirlar Mishelning paktni imzolaganidan norozi bo‘lib, iste'foga ketgan. Keyinroq bosh vazirning o‘zi ham iste'foga chiqishini e'lon qilgan.
Mavzuga oid
21:13 / 24.03.2025
Belgiya davlat idoralari saytlari hakerlar hujumiga uchradi
22:42 / 13.01.2025
Bryusselda pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
20:37 / 05.12.2024
Makron Fransiya hukumatini iste’foga chiqardi
11:17 / 20.11.2024