O‘zbekiston | 20:30 / 21.12.2018
46448
2 daqiqa o‘qiladi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri hokimi lavozimiga rasman tasdiqlandi

Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev lavozimidan «v.b.» qo‘shimchasi olib tashlandi va u shahar hokimi etib rasman tasdiqlandi.

Xalq deputatlari Toshkent shahar sessiyasida tashkiliy masala ko‘rildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan Jahongir Ortiqxo‘jayev nomzodini shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi. 

«Toshkent mamlakatimiz uchun qanchalik muhimligini hammangiz yaxshi bilasiz. Bu yerga rahbar qo‘yish ham osonmas. Shuni inobatga olib, Jahongir Ortiqxo‘jayevni hokim vazifasini bajaruvchi sifatida 8 oydan buyon sinadik. To‘g‘risini aytish kerak, u shaharga kelib, muhitni o‘zgartirishga erishdi. Hokimlikning obro‘sini oshirdi, tadbirkorlarni o‘ziga ergashtira oldi. Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahrining sharoitini, uning iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini, bu yerdagi odamlarni va faollarni yaqindan biladi. Eng asosiysi, qanday qilib odamlar uchun ish joyi tashkil etishni yaxshi biladi», - deya davlati rahbari so‘zlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati. 

Akfa Group kompaniyalari asoschisi va rahbari, ishbilarmon bo‘lgan Jahongir Ortiqxo‘jayev shu yilning aprel oyi oxirida Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

2012 yildan buyon Toshkent shahriga hokimlik qilgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov shu kunning o‘zida O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgandi

Mavzuga oid