Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari Zangiotadagi faxriylar xonadoniga tashrif buyurishdi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti muddatli harbiy xizmatchilari va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Zangiota tuman Kengashi hamda 39-boshlang‘ich ta'lim maktabi o‘quvchilari tumandagi faxriylar xonadoniga tashrif buyurdi.

2018 yilning 21 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti muddatli harbiy xizmatchilari va Zangiota tumanidagi 39-boshlang‘ich ta'lim maktabi o‘quvchilari Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Sofdil ko‘chasi, 11A-uyda istiqomat qiluvchi 1928 yilda tug‘ilgan 2-jahon front orti urush qatnashchisi Boltavoy Abdurahmonov hamda Sofdil ko‘chasi, 47-uyda istiqomat qiluvchi 1928 yilda tug‘ilgan 2-jahon front orti urush qatnashchisi Murod Rixsiyevlar xonadoniga tashrif buyurishdi.



Tashrif davomida muddatli harbiy xizmatchilar va o‘quvchilar faxriylar bilan suhbat qurishdi. Faxriylar o‘zlarining umr yo‘llarida boshidan kechirgan zahmatlari va xursandchilik kunlari haqida yoshlarga gapirib berishdi.

Tadbir yakunida faxriylarni moddiy va ma'naviy rag‘batlantirish maqsadida esdalik sovg‘alar berildi.


Mavzuga oid
10:29 / 26.04.2025
Zangiotadagi gilam do‘konida yirik yong‘in sodir bo‘ldi
09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi
17:11 / 07.02.2025