Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada “Al-Qoida” yo‘lovchi samolyotlarga hujum tayyorlayotgani ma'lum qilindi
Britaniyaning xavfsizlik masalalari vaziri Ben Uolles “Al-Qoida” terrorchilik tashkiloti jangarilari yo‘lovchi samolyotlarni urib tushirishga imkon beruvchi texnologiya ustida ish olib borayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Times nashri xabar berdi.
Razvedka ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotlarni urib tushiruvchi texnologiya o‘z ichiga kichik o‘lchamli bombalar, portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan dronlarni olishi mumkin.
Xavfsizlik xizmatidagi manbalarning ma'lum qilishicha, Britaniyada tergov davomida bombalarni yetkazishga mo‘ljallangan dronlarning xomaki chizmalari topilgan.
“Aviatsiya uchun tahdid haqiqatdir... “Al-Qoida” qayta vujudga kelmoqda. Ular Yevropaga qarshi borgan sari ko‘proq rejalar ishlab chiqmoqda, ular yangi usullar bilan tanishib, samolyotlarga hujum qilishga harakat qilmoqda”, deb aytgan Uolles.
Uning ta'kidlashicha, ichki ishlar va transport vazirliklarining “samolyotlarni yangi kimyoviy reaktivlar, turli portlatish usullari va ichki xavflardan himoyalash bo‘yicha tadqiqot dasturiga” 25 mln funt sterling ajratilgan.
Nashrning ta'kidlashicha, Britaniya razvedka idoralari AQSh prezidenti Donald Trampning Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqish qarori jangarilarga hujumlarni amalga oshirishi uchun xavfsiz hududni yaratishga imkon berishidan xavotirlanmoqda.
20 dekabrga o‘tar kechasi Londondagi Gatvik aeroportidagi barcha parvozlar aerodrom ustida ikki dron uchgani haqidagi ma'lumot sababli to‘xtatilgan. Aeroport ishi bir kundan ko‘proqqa to‘xtatilgan va 21 dekabr ertalab davom ettirilgan. Reyslarning bekor qilinishi 100 mingdan ko‘proq kishiga ta'sir ko‘rsatgan. Angliyaning Sasseks grafligi politsiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, voqea terrorchilik bilan bog‘lanmagan.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025