Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin prezidenti parlament tarqatilganini ma'lum qildi
Falastin prezidenti Mahmud Abbos 22 dekabrda Falastin qonunchilik kengashi (bir palatali parlament) tarqatib yuborilganini va yarim yil ichida yangi parlament saylovlari bo‘lib o‘tishini ma'lum qildi.
Abbosning aytishicha, bu qaror konstitutsiyaviy sud chiqargan qarorga ko‘ra qabul qilingan. “Biz qonunchilik organining tarqatilishi va 6 oy ichida parlament saylovlarini o‘tkazish haqidagi sud qaroriga rioya qilamiz”, deb aytgan Abbos Ramalloh shahrida Falastin rahbariyati bilan uchrashuvda.
Falastin qonunchilik kengashi 2006 yil yanvarda 4 yillik muddatga saylangan. Uning mandati 2009 yil dekabrda yangi saylovlar o‘tkazilgungacha uzaytirilgan.
Mavzuga oid
23:20 / 25.05.2025
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
17:55 / 21.05.2025
G‘arbning asosiy davlatlari Falastinni tan olmoqchi. Bu nimani o‘zgartiradi?
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
22:36 / 17.05.2025