Fan-texnika | 21:30 / 23.12.2018
7030
2 daqiqa o‘qiladi

Falcon 9 raketasi 5-urinishda fazoga uchirildi

Falcon 9 raketasi uchinchi avloddagi global pozitsiyalash tizimi GPS III sun'iy yo‘ldoshi bilan Kanaveral burnidagi kosmodromdan fazoga uchirildi.

3,8 tonnalik GPS III qurilmasi 3-avloddagi global pozitsiyalash tizimining 32 ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat guruhidagi birinchisi bo‘ladi. Bu sun'iy yo‘ldoshlar GPS signalini ta'minlovchi eskirib qolgan sun'iy yo‘ldoshlar o‘rnini egallaydi.

Raketa dastlab 18 dekabrda uchirilishi kerak bo‘lgan. Biroq startga 7 daqiqa qolganda raketaning birinchi pog‘onasidagi datchiklar nome'yoriy ko‘rsatkichlarni ko‘rsatgandan keyin qoldirilgan. So‘ngra raketa parvozi yomon ob-havo sharoiti sababli yana bir necha marta qoldirilgan.

GPS III sun'iy yo‘ldoshlari katta kuchdagi signalga ega bo‘lib, fuqarolik obektlarining joylashgan o‘rnini ayni vaqtda qo‘llanuvchi sun'iy yo‘ldoshlardan 3 marta aniqroq topadi. Harbiy obektlar o‘rnini topish aniqligi yanada yuqoriroq bo‘ladi.  

Ayni vaqtda GPS tizimidan 4 mlrddan ko‘proq odam foydalanadi.

Sun'iy yo‘ldosh dastlab ming kilometr balandlikka olib chiqilib, keyin Yerdan 20 ming balandlikdagi yer yaqini orbitasida joylashtiriladi.

Bu parvoz SpaceX kompaniyasining joriy yildagi 21- va oxirgi parvozi bo‘lib, kompaniyaning  Falcon 9 raketasi boshqariluvchi kemalarni uchirish uchun NASAning mezonlariga mos keladi.

Mavzuga oid