Jahon | 14:45 / 23.12.2018
23820
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti nabirasi bilan nemis tilida qo‘shiq kuyladi (video)

Foto: screenshot

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov Yangi yil oldi bazmida ishtirok etib, nabirasi bilan turkman, ingliz va nemis tilida yozgan o‘z qo‘shig‘ini kuyladi. Bu haqda «Xronika Turkmenistana» portali xabar berdi. 

Portalning ma'lum qilishicha, Berdimuhamedov muntazam ravishda o‘zi qo‘shiq yozadi va boshqa ijrochilarning qo‘shiqlarini kuylab turadi. Ta'kidlanishicha, qo‘shiqlar musiqasini uning nabirasi Karimguli bastalaydi. 

Bobo-nabira dueti avval rep usulida, Jastin Timberleyk ijodidan va vatan haqidagi qo‘shiqlarni ijro etgan. Bundan tashqari, Turkmaniston prezidenti bir o‘zi ham qo‘shiqlar kuylab turadi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid