Fan-texnika | 01:23 / 24.12.2018
34455
2 daqiqa o‘qiladi

2019 yilda bozorga chiqishi eng ko‘p kutilayotgan avtomobillar ma'lum qilindi  

Foto: AP Photo / Jae C. Hong

Business Insider portali 2019 yilda bozorga chiqishi eng ko‘p kutilayotgan avtomobil modellarini ma'lum qildi. Ro‘yxatga 40 ta avtomobil, yuk mashinasi va yo‘ltanlamas kiritilgan.  

2019 yilda Audi bozorga sedanlarning yangilangan qatorini chiqaradi. Ular orasida A6, A7 va A8 kabi modellar bor. Bundan tashqari, kompaniya yangilangan Q8 yo‘ltanlamasi va E-Tron elektrokarini sotuvga chiqaradi.

BMW’dan yangi 3 Series sedani, 8 Series kupesi va Z4 roadster chiqarilishi kutilmoqda. Kelayotgan yilda X5 yo‘ltanlamasining yangi avlodi va X7 paydo bo‘ladi. XT4 krossoveri Cadillac modellar qatorini to‘ldiradi. Honda esa bozorga Passport krossoverini chiqaradi.

Hyundai vodorod yonilg‘ida ishlovchi Nexo va 8 o‘rindiqlik Palisade krossoverlari, Santa Fe yo‘ltanlamasini chiqaradi.

Bundan tashqari, 2019 yilda Land Rover Defender yo‘ltanlamasi va 2-avloddagi Range Rover Evoque krossoveri paydo bo‘ladi.

Lincoln kompaniyasi Lincoln sedani, Aviator yo‘ltanlamasi va Nautilus krossoveri; Mercedes-Benz A-sinfdagi yangi sedan, AMG GT sportkari, yangi avloddagi GLE yo‘ltanlamasi, EQC elektrokari va G-Wagon’ning yangi versiyasini sotuvga chiqaradi. Porsche esa 3-avloddagi Cayenne, 8-avloddagi 911 va Taycan elektr sedanini chiqaradi.

8 yillik tanaffusdan keyin Ford’ning Ranger pikapi yana sotuvga chiqariladi. Shuningdek, avtosalonlarda Jeep Gladiator’ni ko‘rish mumkin bo‘ladi. 2019 yilda, shuningdek, Kia K900 sedani debyut qiladi.   

Shuningdek, avtohavaskorlar premium sinfdagi Lamborghini Urus, ixcham Lexus UX, McLaren’ning 720S yangi superkari, Ram 1500 pikapi, Rolls-Royce’dan yangi Cullinan, Tesla’dan Model Y, Toyota Supra, Volkswagen Arteon va Volvo V60 universalini xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid