Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada qishki chempion bo‘lgan «Yuventus», qatorasiga 7ta o‘yinda gol urgan hujumchi va turning boshqa voqealari
Dam olish kunlari Italiya chempionatida 17-tur o‘yinlari o‘tkazildi. Unda e'tiborga loyiq bo‘lgan bir qancha voqealar yuz berdi.
«YuVeNTUS» «ROMA»NI MAG‘LUB ETIB, QIShKI CheMPION BO‘LDI
«Yuventus» o‘z maydonida «Roma»ni mag‘lub etib, muddatidan oldin norasmiy qishki chempion bo‘ldi. Turinliklar dastlabki daqiqalardan 5 himoyachi bilan o‘ynagan raqib darvozasiga hujumlarni yog‘dirishdi. Bo‘lim oxirida esa bu o‘z samarasini berdi. De Shilo to‘pni jarima maydoniga yetkazganida, Manjukich boshi bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda «Roma» o‘yin sxemasini o‘zgartirdi. Bosh murabbiy maydonda 4 himoyachini qoldirdi va yosh hujumchi Klyuyvertni tushirdi. Natijada, rimliklar tashabbusni qo‘lga olib, bir qancha xavfli vaziyatlarni sodir qilishdi. Ammo, «Yuventus» himoyada bexato o‘ynab, o‘yinni g‘alabali yakunga yetkaza oldi.
Bu natijadan so‘ng, «Yuventus» 49 ochko bilan 1-o‘rinda, «Roma» esa 24 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Turinliklar ustozi Massimiliano Allegri o‘yindan keyin g‘alabaga quyidagicha izoh berdi: «Qiyin g‘alaba bo‘ldi. Biz ikkinchi bo‘limda orqaga chekindik, natijani boy berishimiz ham mumkin edi. Manjukich biz uchun muhim futbolchi, u jismonan kuchli, texnikasi yaxshi. Krishtianu Ronaldu bir necha vaziyatga ega bo‘ldi, ammo raqib darvozaboni yaxshi o‘ynadi. Keyingi o‘yinlarda unga tanaffus beramiz».
Yuventus – Roma 1:0 (1:0, 0:0)
22 dekabr, «Alyants Stedium»
Gol: 1:0 – 35 Manjukich.
Yuventus – Shchensni, De Shilo, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro, Bentankur, Pyanich (Jan, 71), Matyuidi, Dibala (Duglas Kosta, 80), Mandjukich, Ronaldu.
Roma – Olsen, Santon, Manolas, Fasio, Kolarov, Florentsi (Klyuyvert, 46), Kristante, Nzonzi (Djyeko, 79), Dzanolo, Under (Perotti, 71), Shik.
Ogohlantirishlar: Nzonzi (40), Shik (81), Dzanolo (90).
«NAPOLI» SPAL «AVTOBUSI»DAN ZO‘RG‘A O‘TDI
«Napoli» o‘z maydonida SPAL bilan o‘ynadi va raqib qarshiligini qiyinchilik bilan sindirdi. Mehmonlar himoyaga «avtobus qo‘yib», katta kuch bilan himoyalanishdi. Ular raqibni jarima maydoniga yo‘latmay, uzoq masofalardan yo‘llangan zarbalari to‘sib turishdi. Faqatgina himoyachi Juru jarohat olib, maydonni tark etganidan so‘ng, «Napoli» gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 1-bo‘limning so‘nggi daqiqasida Albiol burchakdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.
Ikkinchi bo‘limda «Napoli» o‘yin taqdirini uzil-kesil hal qilishi lozim edi. Biroq, Insine zarbasidan so‘ng, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. So‘nggi daqiqalarda esa SPAL mag‘lubiyatdan qutulib qolishga yaqin edi. Ammo darvozabon Meret 2ta vaziyatda jaomasini goldan qutqarib qoldi.
Bu natijadan so‘ng, «Napoli» 41 ochko bilan 2-o‘rinda, SPAL esa 16 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.

O‘yindan so‘ng, «Napoli» himoyachisi Raul Albiol o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, shunday dedi: «O‘yindan gol urolmadik, ammo standart vaziyatdan foydalanib qoldik. Bu g‘alaba muhim edi. O‘yin oxirida biroz qiynaldik, ammo kerakli natijaga erishdik. Ikkinchi golni urishimiz shart edi. Yaxshiyamki, darvozabonimiz bizni qutqarib qoldi».
Napoli – SPAL 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Albiol.
«INTeR» AUTSAYDeRGA QARShI O‘YINDA G‘ALABANI BOY BeRDI
«Inter» safarda «Kevo» bilan o‘ynadi. So‘nggi o‘rinni egallab turgan va shu paytgacha biror marta g‘alaba qozonmagan mezbonlar nomdor raqibiga jiddiy qarshilik ko‘rsata olishdi. «Neradzurri» birinchi bo‘limda deyarli xavfli vaziyat yarata olishmadi, ammo so‘nggi daqiqalarda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. To‘p Ikardi va D’Amrozio orqali qulay vaziyatga chiqqan Perishichga yetkazib berildi. Xorvatiyalik futbolchi esa yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi.
Ikkinchi bo‘limda Mariu va Ikardi hisobni oshirish uchun qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Bo‘lim o‘rtasiga kelib, «Inter» hisobni ushlab qolish uchun harakat qila boshladi. Natijada, so‘nggi daqiqalarda jazolandi. Pellise darvozabon bilan yuzma-yuz chiqib, to‘pni uning ustidan oshirib, to‘rga yo‘llashga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijadan so‘ng, «Inter» 33 ochko bilan 3-o‘rinda, «Kevo» esa 8 ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.

«Inter» bosh murabbiyi Luchano Spalletti natijadan ranjiganini yashirmadi: «Kevo» ikki hujumchidan unumli foydalanib, mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Biz ba'zi vaziyatlarda umuman to‘xtab qoldik va tomoshabin sifatida o‘ynadik. Afsuski, bir necha gollarni urolmadik. Bu o‘yinda biz bor kuchimizni ishga solmadik. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz lozim edi».
Kevo – Inter 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 39 Perishich, 1:1 – 90 Pellisse.
«LATsIO» KUChLI TO‘RTLIKKA QAYTDI
«Latsio» o‘z maydonida «Kalyari» bilan o‘ynadi va 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, 5ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyasiga barham berdi. Rimliklar 1-bo‘limdayoq 2ta gol urib, o‘yin taqdirini hal qilishdi. Milinkovich-Savich 12-daqiqada hisobni ochdi, Acherbi 23-daqiqada farqni 2taga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limda Lulich jamoasining 3-golini urdi. So‘nggi daqiqalarda «Kalyari» 1ta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

«Milan» o‘z uyida «Fiorentina»ga mag‘lub bo‘lgach, bu g‘alaba 28 ochko jamg‘argan «Latsio»ga kuchli to‘rtlikka qaytish imkoniyatini berdi. «Kalyari» 17 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Latsio – Kalyari 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Milinkovich-Savich, 2:0 – 23 Acherbi, 3:0 – 67 Lulich, 3:1 – 90, penalti Joao Pedro.
17-TURNING BARChA NATIJALARI
22 dekabr
Latsio – Kalyari 3:1 (2:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 12 Milinkovich-Savich, 2:0 – 23 Acherbi, 3:0 – 67 Lulich, 3:1 – 90, penalti Joao Pedro.
Udineze – Frozinone 1:1 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 32 Mandragora, 1:1 – 61, penalti Chiano.
Napoli – SPAL 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Albiol.
Milan – Fiorentina 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 73 Keza.
Jyenoa – Atalanta 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 45, avtogol Toloi, 1:1 – 55, penalti Sapata, 2:1 – 67 Lazovich, 3:1 – 88 Pyontek.
Chetlatishlar: Palomino (81), Toloi (90) – har ikkalasi «Atalanta».
Sassuolo – Torino 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 54 Belotti, 1:1 – 90 Brinola.
Empoli – Sampdoriya 2:4 (1:1, 1:3)
Gollar: 1:0 – 11, penalti Paskual, 1:1 – 41 Ramires, 1:2 – 69 Kualyarella, 2:2 – 76 Kaputo, 2:3 – 87 Kaprari, 2:4 – 90 Kaprari.
Parma – Bolonya 0:0
Kevo – Inter 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 39 Perishich, 1:1 – 90 Pellisse.
Yuventus – Roma 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 35 Manjukich.
17-TURDAN SO‘NG A SeRIYa JADVALI
A SeRIYa TO‘PURARLARI
14 - Kshishtof Pyontek (Jyenoa, 2 pen)
11 - Krishtianu Ronaldu (Yuventus, 3)
10 - Chiro Immobile (Latsio, 2), Fabio Kvalyarella (Sampdoriya)
9 - Franchesko Kaputo (Empoli, 1), Mauro Ikardi (Inter, 3)
8 - Mario Manjukich (Yuventus), Arkadiush Milik (Napoli)
17-TURNING RAMZIY TeRMA JAMOASI
18-TUR O‘YINLARI
26 dekabr
Frozinone - Milan
Bolonya - Latsio
Atalanta - Yuventus
Fiorentina - Parma
Kalyari - Jyenoa
Sampdoriya - Kevo
SPAL - Udineze
Torino - Empoli
Roma - Sassuolo
Inter - Napoli
«YuVeNTUS» ITALIYa CheMPIONATLARI ReKORDINI YaNGILADI
«Yuventus» Italiya chempionati 17-turida «Roma»ni 1:0 hisobida yengdi. Bu turinliklar uchun 17ta o‘yindagi 16-g‘alaba bo‘ldi. Yana 1ta o‘yinda «Yuventus» durangni qayd etgan. Bu esa Italiya chempionatlari rekordi.
«INTeR» NAINGGOLANNI JAMOADAN CheTLATDI
«Inter» yarimhimoyachisi Raja Nainggolan klub tomonidan jazolandi. Sky Sports xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi mashg‘ulotga sababsiz kech qolgan va jamoadan chetlatilgan. Endi u 26 dekabr kuni o‘tkaziladigan «Napoli»ga qarshi bahsda o‘ynamaydi. Shuningdek, jarimaga ham tortiladi.
KVALYaReLLA QATORASIGA 7-O‘YINDA GOL URDI
«Sampdoriya» hujumchisi Fabio Kvalyarella juda ajoyib sport formasida ekanini namoyish qilmoqda. Futbolchi qatorasiga 7ta turdan beri gol uryapti va bu vaqt oralig‘ida 8 marta raqib darvozasini ishg‘ol etgan.

35 yoshli faxriy 2010 yildan beri bu ishni amalga oshirgan ilk italiyalik bo‘ldi. O‘sha paytda bunday ko‘rsatkichga «Udineze»da o‘ynagan Antonio Di Natale erishgan edi.
GATTUZONING «MILAN»DAGI TAQDIRI NAVBATDAGI IKKI O‘YINGA BOG‘LIQ
«Milan» klubi rahbariyati bosh murabbiy Jyennaro Gattuzo ishiga A Seriyaning navbatdagi turlaridan o‘rin olgan «Frozinone» (26 dekabr) va SPAL (29 dekabr) klublariga qarshi o‘yinlardan so‘ng baho bermoqchi.
SportMediaset xabariga ko‘ra, bu o‘yinlarda ko‘rsatilgan natijalar Gattuzoning «Milan» klubidagi keyingi taqdirini hal qilib beradi. Ayni paytda jamoa A Seriya jadvalida 27 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. Agar Gattuzo iste'foga chiqarilsa, uning o‘rnini Roberto Donadoni yoki «Arsenal»ning sobiq ustozi Arsen Venger egallashi mumkin.
Mavzuga oid
14:28 / 28.10.2024
«Arsenal» jarohatlar girdobida, Italiya derbisida yangi yulduz porladi. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
21:26 / 17.05.2024
«Yuventus» Allegrini iste’foga chiqardi
23:01 / 28.07.2023