Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zilzilashunos Indoneziyadagi sunami sababini aytdi
GNS Science zilzilashunosi Sem Teylor-Offord ma'lum qilishicha, Indoneziyadagi halokatli sunamiga Anak-Krakatau vulqonining janubiy yonbag‘ri bir qismi qulagani sabab bo‘lgan, u suv osti ko‘chkisiga olib keldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Teylor-Offord so‘zlariga ko‘ra, suv osti ko‘chkisi sunami paydo bo‘lishining «asosiy versiyasi» hisoblanadi.
«Yer qatlami okeanga tushganida, u suv massasining vertikal harakatlanishini keltirib chiqaradi. Aynan shu sunamiga olib keladi», - dedi olim.
Ekspertning ta'kidlashicha, vulqon yonbag‘rining tushib ketishi sun'iy yo‘ldosh tasvirlarida ko‘ringan, ammo ko‘chki vulqon otilishi hamda shovqin sababli asboblar tomonidan qayd etilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Indoneziyadagi sunami oqibatlari haqida fotoreportaj taqdim etilgandi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025