Jahon | 16:28 / 25.12.2018
22022
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda avtobus piyodalar ustiga haydab borildi. Besh kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq inson jarohatlandi

Foto: Dimsum Daily

Xitoyning Lunyan shahrida erkak kishi avtobusni olib qochdi va uni piyodalar ustiga haydab bordi. Bu haqda «Sinxua» agentligi mahalliy rasmiylarga tayangan holda xabar qilmoqda.

Natijada kamida besh kishi halok bo‘ldi, yana 21 inson tan jarohati olgan. Xitoyning CGTN telekompaniyasi ma'lumotiga ko‘ra, halok bo‘lganlardan biri politsiyachi.

CGTN va Xitoyning ingliz tilida chiquvchi Global Times gazetasi yozishicha, jinoyatchi pichoq bilan qurollangan bo‘lgan. Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, u qo‘lga olindi. Qo‘lga olish jarayoni tasvirlangan video tvitterda e'lon qilindi.

 

Mavzuga oid