Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholini ish bilan ta'minlashda xususiy tashkilotlarning roli oshiriladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatda 2019 yilda qonun loyihalarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturi ham bor.
Dasturga ko‘ra, “Aholini ish bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi (yangi tahrirda) qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 iyuldagi PQ–3856-son qarori bilan tasdiqlangan Aholi bandligini ta'minlash bo‘yicha ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirishga doir “Yo‘l xaritasi”ning 2-bandida nazarda tutilgan.
Qonun loyihasi quyidagilarni nazarda tutadi:
aholini ish bilan ta'minlashni tashkillashtirishning zamonaviy samarali shakllari;
aholini ish bilan ta'minlashda xususiy tashkilotlarning rolini oshirish;
jamoat ishlari, tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etish masalalari.
Qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha mas'ul ijrochilar - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi. Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish muddati - 2019 yil mart. Qonunchilik palatasiga kiritishning taxminiy muddati - 2019 yil aprel.
Mavzuga oid
12:21 / 17.03.2025
Shaxslarni o‘z roziligisiz foto va videoga olish taqiqlanishi mumkin. Adliya vazirligi qonun loyihasini muhokamaga chiqardi
19:08 / 12.03.2025
Qamoqqa olinmagan gumonlanuvchilarning O‘zbekistondan chet elga chiqishi vaqtincha cheklanishi mumkin
18:23 / 26.08.2024
Qiynoq oqibatidagi o‘lim holatlari uchun javobgarlik kuchaytiriladi
11:49 / 20.06.2024