Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Barcha mahallalarda “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari shakllantiriladi
O‘zbekiston prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har bir mahallada “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari shakllantiriladi.
Qaror bilan, profilaktika inspektorlarining yordamchilariga “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a'zolari va “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari faoliyatini kunlik nazorat qilish va muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.
Shuningdek, hududiy ichki ishlar organlarida Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etildi.
Qarorga muvofiq, ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tomonidan ma'muriy huquqbuzarliklarga doir ishlar bo‘yicha undirilgan jarima mablag‘lari Jamoat xavfsizligini rag‘batlantirish jamg‘armalarini shakllantirish manbalaridan biri etib belgilandi.
Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilar uchun sarflanadi:
biriktirilgan hududda jinoyatlar darajasi pasaygan, ularning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlari o‘z vaqtida ko‘rilgan hollarda fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari va ularning yordamchilari hamda “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a'zolarini moddiy rag‘batlantirish;
jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda amaliy yordam ko‘rsatgan fuqarolarni bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlash, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.
Mavzuga oid
14:52 / 22.05.2025
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
13:54 / 01.05.2025
O‘zbekistonda zamonaviy standartlar asosida kamida 58 ta maktab quriladi
13:31 / 29.04.2025